Asosiy qismga oʻtish

Uyushma haqida

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3880-son qaroriga koʻra 2018-yil 21-sentyabrda nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta roʻyxatdan oʻtgan va oʻz faoliyatini boshlagan.

Uyushma Oʻzbekiston hududida oʻzbek kinematografiyasi rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kinoarboblar, kinematografistlar va oʻz aʼzolarining ijodiy-professional manfaatlarini taʼminlash bilan shugʻullanadi.

Uyushma qator madaniy tadbirlarni oʻtkazadi, kino sanʼati vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda homiylarni jalb etadi hamda taniqli kinoijodkorlarning yubileylarini muntazam nishonlab, ular haqida hujjatli filmlar yaratadi.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi «Oltin Humo» milliy kinotaqdimotining taʼsischisi hisoblanadi.

0+
Aʼzolar
0
Ijodiy gildiyalar
0
Boshqaruv kengashi
0
Taʼsis etilgan

Rahbariyat

Uyushma raisi

Matyoqub Matchanov01

Matyoqub Matchanov

Oʻzbekiston xalq artisti, kinoaktyor

Rais oʻrinbosari

02

Joʻrabek Roʻzmetov

Kinodramaturg va kinorejissyor

Boshqaruv kengashi

2023-yil 28-dekabrdagi saylov konferensiyasida saylangan 11 nafar aʼzoli Boshqaruv kengashi.

  1. 01

    Matyoqub Matchanov

    Oʻzbekiston xalq artisti

  2. 02

    Isamat Ergashev

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor va kinoaktyor

  3. 03

    Baxtiyor Nazarov

    Oʻzbekiston sanʼat arbobi, akademik, kinorassom

  4. 04

    Jahongir Qosimov

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor

  5. 05

    Mannob Qoʻchqorov

    Kinoprodyuser

  6. 06

    Azizbek Arziqulov

    Kinooperator

  7. 07

    Oybek Kopadze

    Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, kinoshunos

  8. 08

    Sabohat Hayitmatova

    Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor, kinoshunos

  9. 09

    Zafar Yuldashev

    Kinoprodyuser

  10. 10

    Muzaffarxon Erkinov

    Kinorejissyor

  11. 11

    Joʻrabek Roʻzmetov

    Kinodramaturg va kinorejissyor