Asosiy qismga oʻtish
Yangiliklar
Eʼlonlar

Badiiy kengash faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi

Ijodiy tanlovlarni tashkil etish tartibi, jarayonlarning ochiqligi va gʻolib loyihalarni aniqlash mezonlari muhokama qilindi.

Kinematografiya agentligida hisobot yigʻilishi

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedovga Agentlik huzuridagi Badiiy kengash faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobot davomida Badiiy kengash faoliyatining huquqiy asoslari, ijodiy tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, tanlov jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmlari hamda gʻolib loyihalarni aniqlash mezonlari haqida batafsil axborot berildi.

Hisobotda koʻtarilgan har bir masala yuzasidan atroflicha va jiddiy tahlil oʻtkazildi. Agentlik boshqarma va boʻlimlari faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglash davom etmoqda.