Asosiy qismga oʻtish
Yangiliklar
Kino sohasi

«Quyosh bolasi Yusuf» Kannda oliy mukofotni qoʻlga kiritdi

Rejissyor Dilshod Usmonovning qisqa metrajli filmi «ENTRE DEUX… CANNES» inklyuziv kinofestivalining oliy mukofoti sohibi boʻldi.

«ENTRE DEUX… CANNES» festivalining oliy mukofoti

Fransiyaning mashhur «Kann» kinofestivali doirasida oʻtkazilgan 17-xalqaro «ENTRE DEUX… CANNES» inklyuziv kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasida suratga olingan, rejissyor Dilshod Usmonovning «Quyosh bolasi Yusuf» qisqa metrajli filmi festivalning oliy mukofotiga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi film ijodkorlarini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ham zafarlar tilaydi.