Asosiy qismga oʻtish
Yangiliklar
Uyushma yangiliklari

«Madaniyat va sanʼat fidokori» koʻkrak nishonlari topshirildi

15-aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi.

Koʻkrak nishonlarini topshirish marosimi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 15-aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillariga «Madaniyat va sanʼat fidokori» koʻkrak nishoni topshirildi.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi taqdirlanganlarning barchasini, xususan Uyushma aʼzolari, taniqli kinoaktyorlar Ulugʻbek Qodirov, Elbek Fayziev hamda Dilshodbek Kattabekovlarni samimiy muborakbod etadi.